Sevimli loyihangizni
qo‘llab-quvvatlang!
Yanada ko’proq video kurslar chiqishi uchun Ustoz AI loyihasini qo’llab quvvatlang
👩🏫 Ona tili va adabiyot kursi ustozi Dono Saidahmedova:
— 5 yillik tajribaga ega oliy toifali pedagog;
— “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovining shahar bosichida 1-o‘rinni egallagan;
— “O‘zbek tili bo‘yicha eng yaxshi videodars” tanlovida Respublika bo‘yicha g‘oliblardan biri;
— “Barqaror rivojlanish ta’limda ilg‘or tajribalar” xalqaro tanlovida g‘olib bo‘lib, Bishkek shahridagi Submintaqaviy konferensiyada ishtirok etgan;
— “Kreativ ustoz” loyihasining asoschisi sifatida o‘qituvchilar uchun mahorat darslarini tashkil qilgan.
📚 Ona tili va adabiyot kursida nimalar o‘rgatiladi?
Kursda o‘zbek tilining grammatik qoidalari, imlo va punktuatsiya asoslari, to‘g‘ri yozish va so‘zlash, badiiy asarlarni tahlil qilish, ijodiy fikrlash, hamda samarali muloqot ko‘nikmalari o‘rgatiladi. Bundan tashqari, adabiyotni o‘rganish orqali tasavvur kengayishi va ijodiy yondashuv rivojlanadi.
📖 Nega bu kursni o‘rganish kerak?
— Ona tili va adabiyot fani oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida muhim o‘rin tutadi. U ko‘plab mutaxassisliklar uchun asosiy yoki qo‘shimcha fan sifatida belgilangan.
— Tilni mukammal o‘zlashtirish o‘quvchining bilim darajasini oshirish bilan birga, shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyatga zamin yaratadi.
— Shaxsiy rivojlanish va ijodiy fikrlash uchun mustahkam poydevor yaratiladi.
Kurs muallifi
Donoxon Saidaxmedova