Jangda shaxid bo'lgan yigit yoxud Kimsan nomidan...
Kulgan u edi, yig'lagan menman,
Raqsga tushganlar...men esa qulman
Ozodlik qo'shig'in tinglagan kim-u?
Qamoq jing'irog'in eshitgan menman.
Ularda bor edi qanotli otlar,
Samoni quchishar, kezib uchishar.
Menda ham bor edi...faqat bog'langan
Samo yo'q, osmon yo'q. To'rtta devorlar...
Qafasdagi qushman, ular erkdagi,
Shamol nafasida qanotin toblar.
Janglarda o'lmagan biror bahodir
Qo'rqoqlar o'ldirgan kamina-menman!
Muallif: Asal Mahmudova