Polat Alemdar — bu serialdagi shunchaki qahramon emas, U siyosatning qorong‘i tomoni haqida aytilolmaydigan haqiqatlarning ramzi. U ko‘rinadigan dushman bilan emas, jim turib davlatni ichidan yemirayotgan tuzilmalar bilan jang qiladi. Polat bir odam emas — chuqur davlat, mafiyaviy kelishuvlar va maxfiy operatsiyalar qorong‘usidan yasalgan obraz.
