arxiv | KOGON TUMANI TARAQQIYOT MAHALLASIDA “OBOD XONADON”, “OBOD KO‘CHA”, “OBOD MAHALLA” TANLOVI DAVOM ETMOQDA!
📍 Kogon tumanining Taraqqiyot mahallasida aholi farovonligini oshirish, yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, mahalla hududlarini obodonlashtirish va tozalikni ta’minlash maqsadida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” shiori ostida ko‘rik-tanlovning mahalla bosqichlari qizg‘in tarzda o‘tkazilmoqda.
🚛 Tanlov doirasida eng namunali xonadonlar, tartibli va toza ko‘chalar, shuningdek, obodonlashtirish va jamoaviy faollikda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar yig‘inlari aniqlanmoqda.
Mazkur tashabbus nafaqat mahalla hududlarini chiroyli va ozoda saqlashga, balki fuqarolarda o‘z mahallasiga mehr, g‘urur va mas’uliyat hissini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
🚛 Tanlovning tuman bosqichiga esa eng namunali, tashabbuskor va faol mahallalar, ko‘chalar hamda xonadonlar tavsiya etiladi. Ularning tajribasi boshqa mahallalar uchun ham ibrat bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.
🌱 “Obod xonadon – obod mahalla, obod mahalla – obod Vatan!” degan shior bugun Taraqqiyot mahallasida amalda o‘z tasdig‘ini topmoqda.
‼️ Har bir fuqarodan o‘z atrofiga e’tiborli bo‘lish, tozalik va ozodalikni kundalik hayot tarziga aylantirish kutilmoqda. Axir, tartibli ko‘cha va chiroyli mahalla – el farovonligining ko‘zgusi!
#KogonTumanHokimligi
#TaraqqiyotMahallasi
#ObodXonadonObodKocha
#ObodMahalla
#YashnayotganKogon