SO‘NGGI XAT
Bir daraxt ostida boshlangan visol,
Bugun yaproqlarda yashirin xayol.
Bir paytlar bu yerda ikki dil kulgan,
Endi shoxlar aro xotiralar qolgan.
Yillar o‘tdi, yo‘llar bo‘ldi ayro,
Ikki qalb ayriliq bag‘rida tanho.
Bir kuni daraxtda oq konvert yotar,
Unda eski sevgi so‘nggi bor yashar.
«Unutmadim seni, azizim, aslo,
Qalbimda yashaysan, bo‘lsang-da yiroq».
Xatni bag‘riga bosdi, ko‘zlari nam,
«Rahmat, dedi u sekin.
Insonlar ketadi, xotiralar qolur,
Chin sevgi qalblard abadiy qolar.