MA online tutor | ingliz tilini mustaqil o'rganish.. Ingliz tilini mustaqil o'rganayotganlar uchun o'zim yaratgan va yuritayotgan onlayn platforma. Sayt 4 daraja (A1–B2) va 12 oydan iborat dastur bo'yicha 75 ta grammatika mavzusini, so'zlar va speaking savollarini qamrab oladi. O'quvchi uchun: • Har bir mavzuda o'zbekcha/ruscha tushuntirish, mashqlar va test • So'z kartochkalari, misollar bilan • "5 daqiqalik takrorlash", kunlik seriya va haftalik maqsad • Xatolar ustida qayta ishlash, qidiruv, guruh reytingi O'qituvchi uchun: • O'quvchilar va guruhlarni boshqarish (har o'quvchiga alohida login) • Uy vazifasi yuborilganda Telegram guruhga avtomatik xabar • Natijalar, reyting, qiyin mavzular tahlili, Excel'ga yuklab olish Sayt telefonga ilova kabi o'rnatiladi va UZ/RU/EN tillarida ishlaydi. Hozir o'z guruhlarimdagi o'quvchilar foydalanmoqda. Texnologiyalar: HTML, CSS, JavaScript, Cloudflare Pages, Cloudflare D1, Telegram Bot API.
