arxiv | Kogon tumanida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan Kogon tumani Yoshlar markazi binosi yonida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda tuman rahbariyati, harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, faxriylar va yoshlar ishtirok etdi.
Bayramda Vatan himoyasida fidokorona xizmat qilayotgan bir guruh harbiylar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir badiiy chiqishlar bilan davom etdi.