Logo of Ustoz Ai project
Logo of Yoshlar ishlar agency
Logo of Turon Bank
Asal Mahmudova
Asal Mahmudova

Jangda shaxid bo'lgan yigit yoxud Kimsan nomidan... Kulgan u edi, yig'lagan menman, Raqsga tushganlar...men esa qulman Ozodlik qo'shig'in tinglagan kim-u? Qamoq jing'irog'in eshitgan menman. Ularda bor edi qanotli otlar, Samoni quchishar, kezib uchishar. Menda ham bor edi...faqat bog'langan Samo yo'q, osmon yo'q. To'rtta devorlar... Qafasdagi qushman, ular erkdagi, Shamol nafasida qanotin toblar. Janglarda o'lmagan biror bahodir Qo'rqoqlar o'ldirgan kamina-menman! Muallif: Asal Mahmudova