arxiv | Kogon yoshlari yana ishda! Yurt obodligi — yoshlar qo‘lida!
📍 13–14 mart kunlari Buxoro viloyati Kogon tumanida keng ko‘lamli hashar ishlari tashkil etildi.
💪 Ushbu ezgu tashabbusda Yoshlar ishlari agentligi xodimlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda faol yoshlar birlashib, hududni obodonlashtirish ishlariga faol kirishdilar.
🌿 Hashar davomida:
— hududlar begona o‘tlardan tozalandi
— atrof-muhit tartibga keltirildi
— muqaddas maskanlar obod qilindi
👏 Eng muhimi, yoshlar yurtga mehr, ajdodlar xotirasiga hurmat va birdamlik qanday bo‘lishini amalda ko‘rsatdilar.
✨ Obod yurt — birlikdagi yoshlar bilan barpo bo‘ladi!