Jadidlar
Jadidlar — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida yashab ijod qilgan ma’rifatparvar ziyolilardir. Ular xalqni ilmli, savodli va ma’rifatli qilishga intilganlar. Yangi usul maktablarini ochib, ta’lim va madaniyatni rivojlantirganlar. Mashhur jadidlar: Behbudiy, Avloniy, Fitrat va Cho‘lpondir.