REJA 1-qisim
Ko‘pchilik yaxshi reja tuzsa, kunini boshqara olaman deb o‘ylaydi.
Lekin reja tuzish va shu reja bo‘yicha yashash boshqa-boshqa narsalar.
Odamlar rejasiga o‘zi bajara oladigan ishlarni emas, ideal holatda bajarishni xohlagan ishlarini yozadi.
Ertalab soat 5 da turish.
Bir soat sport bilan shug‘ullanish.
Har kuni kitob o‘qish, yangi bilim olish va barcha ishlarni vaqtida bajarish.
Bunday rejani bir yoki ikki kun bajarish mumkin.Keyin charchaysiz va yana eski hayotga qaytasiz.