arxiv | Yoshlar barcha imkoniyatlar — siz uchun yaratilgan!
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida bir qator innovatsion mobil ilovalar ishlab chiqilgan:
1. Qizlar akademiyasi – qizlar uchun rivojlanish, o‘rganish va o‘z ustida ishlash maydoni.
2. Ibrat Academy – ingliz tili va xorijiy tillarni o‘rganish uchun bepul ta’lim platformasi.
3. Ustoz AI – sun’iy intellekt yordamida zamonaviy kasblarni o‘rganishda ko‘makchi.
4. UzChess (Shaxmat akademiyasi) – shaxmat o‘yinini o‘rganish va strategik fikrlashni rivojlantiruvchi platforma.
5. Mutolaa – yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshiruvchi zamonaviy o‘quv ilovasi.
Har bir dastur — sizning intellektual va shaxsiy rivojlanishingiz sari tashlangan qadamingiz!
#YoshlarAgentligi #QizlarAkademiyasi #IbratAcademy #UstozAI #UzChess #Mutolaa #RivojlanayotganYoshlar #Innovatsiya