"YOSHLAR TABIATGA BEFARQ EMAS!" EKOLOGIK LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETGAN YOSHLAR TAQDIRLANDI "YOSHLAR TABIATGA BEFARQ EMAS!" EKOLOGIK LOYIHASIDA FAOL ISHTIROK ETGAN YOSHLAR TAQDIRLANDI Bugun Namangan shahridagi Yoshlar markazida "Yoshlar tabiatga befarq emas!" ekologik loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etib, atrof-muhitni asrash, hududlarni obodonlashtirish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga munosib hissa qo'shgan yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Tantanali taqdirlash marosimida Namangan viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i Oqiljon Xasanov faol yoshlarga sertifikatlarni topshirdi. Ushbu e'tirof yoshlarning tabiatga mehr, atrof-muhitga mas'uliyat bilan munosabatda boʻlish, ekologik tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish borasidagi sa'y-harakatlariga berilgan munosib baho bo'ldi.
