Logo of Ustoz Ai project
Logo of Yoshlar ishlar agency
Logo of Turon Bank

Mentor · Azamjon Xolmatov

Robototexnika va IT Foundation mentori

Robototexnika, Mikrokontrollerlar, IT Foundation · Surxondaryo viloyati, Termiz shahri · Yarim kun · 3–6 yil tajriba · 2 000 000 – 4 000 000 so'm

Tavsif

O‘quv markazimizga yosh, g‘ayratli va texnologiyalarga qiziquvchi Robototexnika va IT mentori (yordamchi o‘qituvchi) kerak! Vazifalar: Asosiy dars jarayonlarida o‘quvchilarga (bolalarga) mikrokontrollerlar (Arduino, ESP32) va robotlarni yig‘ishda amaliy ko‘maklashish. Frontend (HTML/CSS) asoslari bo‘yicha o‘quvchilarning amaliy topshiriqlarini bajarishini nazorat qilish va ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish. Shogirdlar va o‘quvchilar bilan individual ishlab, ularning savollariga javob berish. Talablar: Elektronika, sxemotexnika va dasturlash asoslaridan (C++ yoki blokli kodlash) boshlang‘ich tushunchaga egalik. Bolalar bilan til topisha olish, sabr-toqat va ustozlikka qiziqish. Mas'uliyat va jamoada ishlash qobiliyati.

Talablar

Mikrokontrollerlar (Arduino, ESP32) va elektronika asoslariga kuchli qiziqish; Algoritmik va mantiqiy fikrlash qobiliyati; Kompyuter savodxonligi (Frontend/HTML asoslaridan boshlang‘ich xabardorlik afzallik beradi); Yosh bolalar bilan muloqot qila olish va sabr-toqat; Doimiy o‘rganishga va ustoz ko‘rsatmalariga amal qilishga tayyorlik.

Imkoniyatlar

Tajribali ustozlardan sohani mukammal o‘rganish va professional shogird bo‘lib yetishish imkoniyati. Zamonaviy texnikalar (Arduino start kitlar, 4WD kar platformalari) bilan bevosita ishlash va amaliyot o‘tash. Ahil jamoa va kelajakda asosiy o‘qituvchi (instructor) bo‘lib ko‘tarilish imkoniyati.

Barcha vakansiyalar →